1–3 mart kunlari Toşkent şahrida dzyudo böyiça xalqaro «Katta dubulğa» turniri ötkazildi. Unda Özbekiston jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumuş va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor böldi. Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, dunyoning 68 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportçi iştirokida keçgan musobaqada özbekistonliklar Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uçinçi örinni qölga kiritdi.
1 mart kungi bahslarda –60 kg vazn toifasidagi Doston Röziyev oltin medalni qölga kiritdi. Ilk bor IJF tasnifidagi musobaqalar finalida iştirok etgan uşbu sportçi jahon çempionati sovrindori, gurjistonlik Giorgi Sardaşvilini mağlubiyatga uçratib, jamoaning ilk medaliga sazovor böldi.

Bu çempionlik Röziyevga jahon va Parij-2024 reytingi uçun 1000 oçko taqdim etdi.
Şu kuni –52 kg vazn toifasi vakili Gulhayo Jörayeva ham medalga ega çiqdi. U ham faoliyatidagi ilk katta musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etdi va yarimfinalda Olimpiada va jahon çempionati sovrindori, hozirda jahon reytingida 6-poğonada turgan britaniyalik Çelsi Jaylsni mağlub etib finalga çiqdi.

Ammo hal qiluvçi bahsda fransiyalik dzyudoçi, Tokio olimpiadasi finalçisi, jahon çempionatlarining köp karra ğolibi, hozirda jahon reytingida 3-poğonada joylaşgan Amandin Buşarga imkoniyatni boy berib qöydi.
Şu kuni –66 kg vazn toifasida bronza medali uçun kuraşgan Sardor Nurillayev esa braziliyalik Vilyam Limaga yutqazdi.
2 mart kungi bahslar ham jamoaga ikki medal taqdim etdi.
–73 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Şahram Ahadov beşinçi bor «Katta dubulğa» turnirida sovrindor böldi. U uçinçi örin uçun keçgan bahsda rossiyalik Mahmadbek Mahmadbekovdan (neytral atlet maqomida iştirok etgan) ustun keldi.





















