Unda iştirok etadigan Özbekiston milliy jamoasining bir qismi 4 may kuni Qatar poytaxtiga yöl oladi. 3 mayda MOQda mazkur çempionatga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda MOQ raisi örinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Komilov, Ilias Iliadis boşçiligidagi milliy jamoa murabbiylar ştabi, sportçilar iştirok etişdi.

Özbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Komilov dastavval milliy jamoaning umumiy tayyorgarligi haqida töxtalar ekan, hukumat tomonidan bu borada barça şaroitlar yaratib berilgani, sportçilar dunyo birinçiligiga sönggi tayyorgarlikni Turkiya va Yaponiya yiğinlaridan keyin Samarqandda ötkazişganini ta’kidladi.

Mamlakat terma jamoasi boş murabbiyi Ilias Iliadis esa Davlat Bobonov jarohati sabab uşbu dunyo birinçiligida iştirok eta olmasligi, qolgan sportçilarning tayyorgarligi yuqori darajada ekanini ma’lum qildi. Sportçilar nomidan Davlat Bobonov söz olib, jamoadoşlarining holati a’lo darajada ekani, özining salomatligi ham barqaror tiklanib borayotgani xususida gapirdi. 

Şuningdek, Diyora Keldiyorova dzyudoçi qizlar ham uşbu dunyo birinçiligidan medallar bilan qaytişni maqsad qilişganini qöşimça qildi.