20:38 / 24.07.2018
7612

Okeanning kislotaliligi 14 mln yillik rekordni yangilashi mumkin

Foto: shutterstock

Dunyo okeani kislotaliligi darajasi 14 million yildan beri mavjud rekordni ilk bor yangilashi mumkin.

Earth and Planetary Science Letters tadqiqoti natijalariga ko‘ra, 2100 yilda okeanning pH darajasi 7,8 ga yetishi mumkin. Oxirgi marta bunday daraja 14 million yil avval kuzatilgan ekan.

Okean suvi kislotaliligi havodagi karbonat angidridning suvda erishi vaqtida kuchsiz ko‘mir kislota hosil bo‘lishi sababli sekin-asta ortib boradi. Olimlarning prognoziga ko‘ra, 21-asr oxiriga kelib CO2’ning suvdagi miqdori hozirgidan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi.

Suvning yuqori kislotaliligi dengiz jonzotlariga zarar yetkazadi: misol uchun, shu holat sababli baliqlarning hid sezishi va hid sezish signallariga ta'sir qilish qobiliyati yomonlashadi, marjonlar esa o‘z skeletlarini qura olmaydi.

Mavzuga oid
Top