Jahongir Ahmedovning “Islomxo‘ja” filmida tarixiy qotillik siri fosh etiladi
Taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov yangi loyihaga qo‘l urdi. U tomonidan badiiy-publitsistik janrida tarixiy film suratga olindi va u XX asrning eng mashhur kishilaridan biri bo‘lmish Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja hayotiga bag‘ishlandi. Filmda mazkur qahramonning hayot yo‘li, davlat va jamiyatni isloh qilishda olib borgan ishlari, turli fitnalar va xavf-xatarlarga to‘la hayoti yoritib berilgan.
Stsenariy muallifi Jo‘rabek Ro‘zimetov, postanovkachi rejissyor Jahongir Ahmedov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Akmal Saidov. Ushbu filmda, shuningdek, mashhur aktyorlar Ulug‘bek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Boir Xolmirzayev, Muhammad Ali Abduqunduzov, Oleg Galaxov, Oskar Jalilov, Ma'ruf Otajonov va boshqalar turli obrazlarni gavdalantirishgan.
Islomxo‘ja kim edi?
XX asr boshlarida nafaqat Xorazm muzofoti balki, butun Markaziy Osiyo hududida, hatto Chor Rossiyasining amaldorlari orasida ham yuksak nufuzga ega bo‘lgan Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja o‘z davrining taraqqiyparvar, xalqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri edi. O‘n yetti yoshidan Xivadan keyin strategik ahamiyat kasb etadigan, xonlikning savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblanmish Hazorasp bekligiga hokimlik qilgan Islomxo‘ja yigirma olti yoshida Xiva xonligining bosh vazirligiga tayinlanadi. Tarix zarvaraqlarida ma'rifat, adabiyot va san'at homiysi sifatida hurmat qozongan, Xiva xonligida uzoq hukmronlik qilgan Muhammad Rahimxon II Feruz Islomxo‘janing uzoqni ko‘ra bilish zehnini, siyosiy bilimdonligini nihoyatda qadrlaydi.
Feruzxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan valiahd Asfandiyor to‘raning hukmronligi boshlanishi bilanoq Islomxo‘ja xonlikning barcha muhim va mas'uliyatli vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Xiva “Ichan qal'asida” ko‘plab inshootlar qurdiradi. Qal'a tashqarisida yangi shahar loyihasini ishlab chiqib zamonaviy kasalxona, telegraf binosi va Nurullaboy saroyini barpo etadi. Ayniqsa, uning tashabbusi bilan xonlikdagi ekin yerlari, vaqf yerlari, sug‘orilish tizimi, soliq yig‘ish va saroy xizmatchilariga maosh to‘lash tartibi joriy etilib bu islohotlarning nazorati bosh vazir Islomxo‘janing zimmasiga yuklatiladi.
Xonlik hududida hisobsiz yer va mol-mulk egalari hisoblanmish saroy amaldorlariga bunday tartiblarning joriy etilishi, tabiyki, yoqmaydi. Uzoq yillardan beri xon saroyining nufuzli vazifalarini egallab kelayotgan qudratli mansabdorlarlarning mol-mulki, yerlari musodara qilinib, o‘zlari saroydan chetlatiladi. O‘zining bosh vazirlik faoliyati davomida bir necha bor Chor imperiyasining poytaxti Peterburg shahriga tashriflarni amalga orishgan Islomxo‘ja Rossiya imperatori Nikolay II bilan suhbatda bo‘lib, jahonda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarni muhokama qiladi. Xonning yaqin qarindoshi, qaynotasi, xonlikning eng yuqori amaldori, Chor ma'murlari va qo‘shni davlatlar hukmron doiralari hatto, oddiy xalq orasida katta hurmatga ega, buyuk islohotchi Islomxo‘ja sirli ravishda o‘ldiriladi. Dastlab, qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari tezda to‘xtatilib, bosdi-bosdi qilishga o‘tiladi.
Qariyb bir asrdan ziyod vaqt davomida hali-hanuz javobini kutayotgan fojiali qotillik tafsilotlarini o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqodchi-tarixchi bir asrlik fursat o‘tganligiga qaramasdan mavjud hujjatlarga asoslanib, masalaga xolisona yondashib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google’ning Gemini sun’iy intellekt servisi barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘ldi
Jahon | 22:44
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

19:02 / 01.06.2024
“Tarixiy film suratga olish shunchaki ijodiy jarayon emas, bu butun boshli sanoat” – “Yalangto‘sh Bahodir” filmi haqida katta suhbat

13:19 / 23.12.2023
Rejissyor Jahongir Ahmedov prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi

07:57 / 11.04.2023
Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi

11:07 / 27.02.2023