14:55 / 26.07.2018
14277
Reklama

Shivaki sanoat konditsionerlari: O‘zbekiston bo‘ylab 100 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalar

Foto: Shivaki 

Yirik savdo markazi yoki ofis ostonasiga qadam bosishingiz bilan mayin, salqin havoni his etasiz. Binoda esuvchi salqin shabada yozning jaziramasida unutilmas huzur bag‘ishlaydi. Ammo binoning ichida sayr qilganda na ishlayotgan motorlarning tovushini eshitasiz, na devorlarda osilgan konditsionerlarga ko‘zingiz tushadi.  Yozning issiq kunlarida yirik binolarda salqindan lazzatlanishingiz uchun  SHIVAKI korxonasi yuqori sifatli sanoat konditsionerlarini ishlab chiqarmoqda.

Artel zavodlarida ishlab chiqariladigan SHIVAKI sanoat konditsionerlari O‘zbekiston bozorlarida paydo bo‘lganiga uch yil bo‘ldi. O‘tgan uch yil davomida SHIVAKI kompaniyasi yuzdan ortiq turli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, ist'yemolchilar orasida katta shuxrat qozondi va sanoat konditsionerlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida yetakchi o‘rinni egalladi.

Yapon texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan SHIVAKI konditsionerlari 5 turga bo‘linadi:

Foto: Shivaki 

Chiller va Fankoyllar Yagona sovuqlik manbai bo‘lmish chiller, sovituvchi xladagentni fankoylga uzatadi. Fankoyl esa xladagent yordamida binoni sovitadi. Ushbu sovitish usulining afzalligi shundaki, chiller va fankoyl tizimi oson o‘rnatiladi va har qanday binoga to‘g‘ri keladi. 
Ushbu tizim bino honalaridagi haroratni alohida nazorat qilish imkoniyatini beradi. Chiller va Fankoyl tizimi ofis markazlari, mehmonxonalar, kasalxonalar, savdo markazlari, ko‘p qavatli turar-joy markazlarida bemalol o‘rnatilishi mumkin.

Foto: Shivaki 

VRV/VRF konditsionerlash tizimi – markazlashtirilgan, yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan konditsionerlash tizimi hisoblanadi. - VRV/VRF konditsionerlash tizimining ichki bloklari mutlaqo tovushsiz ishlaydi va binodagi odamlarga ishlash uchun qulay sharoit yaratadi.

Multihududli split-tizim Ushbu tizim o‘zining ixcham o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Multihududli split-tizim yordamida binoning har bir qismida alohida harorat o‘rnatib uni oson nazorat qilishingiz mumkin.
Multihududli split-tizimning afzalligi shundaki, binoda yangi xonalar qurilganda, tizimni uzaytirib yangi xonalarni ham konditsionerlash imkoniyati mavjud.

Foto: Shivaki 

Kanallik split-tizimi Binodagi havoni isitish va sovitishdan tashqari, uni namlaydi, tozalaydi hamda kislorod bilan boyitadi. Kanallik split-tizimning afzalligi shundaki, ushbu tizimning qismlari xonalarda umuman ko‘rinmaydi, va xonalarning dizaynini buzmaydi.

Karkas-panel turidagi markaziy konditsioner tizimi (AHU)
Yirik ma'muriy binolar, suv havzalari, sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu turdagi konditsionerlash tizimining qismlari turli xil variantlarda ulanish va kombinatsiyalashtirilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli, har qanday binoga o‘rnatilishi mumkin.

Foto: Shivaki 

Hozirda SHIVAKI sanoat konditsionerlari O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha  ko‘pdan-ko‘p mehmonxonalarda, savdo markazlarida, ko‘p qavatli sanoat binolarida, hamda turli xil o‘zga yirik binolarda o‘rnatilgan. SHIVAKI sanoat konditsionerlari toza, salqin va kislorod bilan boyitilgan havo garovi bo‘lib, sizga nafaqat shinamlik, balki salomatlik va tetiklik ato etadi.  SHIVAKI sanoat konditsionerlarini harid qilganingizda, konditsionerlash tizimini loyihalashtirish xizmati bepul.

SHIVAKI korxonasi mahsulotlariga uch yil to‘liq bepul kafolat beradi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun (+99871) 202-22-20 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki SHIVAKI internet sahifasiga tashrif buyuring: 

Facebookhttps://www.facebook.com/shivakiuz/

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top