12:40 / 28.07.2018
3635
O‘zbekistonda Qozog‘istonning yirik chipta operatori vakolatxonasi ochildi
Foto: Infocom.uz

Toshkent shahrida Qozog‘istonning yirik chipta operatori «Tiketon» vakolatxonasi ochildi. Bu haqda Infocom.uz xabar bermoqda.

«Toshkentda vakolatxonaning ochilishi «Tiketon» kompaniyasi siyosatining bir qismi sanaladi. Biz ushbu hududning istiqboli porloq ekanligini bilamiz, uning imkoniyatlarini yuqori baholaymiz va aholining rivojlanish darajasini oshiradigan tadbirlarga chiptalar sotib olish jarayonini yanada soddalashtirish evaziga hududda madaniyat darajasini ko‘tarishga harakat qilyapmiz», — deydi Ticketon.kz xizmati bosh direktori Viktoriya Torgunakova.

Vakolatxona zimmasiga quyidagi vazifalar yuklangan:

— madaniy va sport hodisalariga chiptalarni onlayn sotish;
— barcha madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarga chiptalarni ham onlayn, ham oflayn tarzda sotish bo‘yicha elektron tizimdan foydalanishni ommalashtirish;
— elektron tijorat tizimiga imkon qadar ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilish;
— mamlakatning madaniy va sport obektlari mavjud chipta-kassa tizimini modernizatsiya qilish, chipta xo‘jaligi infratuzilmasini shaffoflik va axborot uchun belgilanganlik darajasi yuqori bo‘lgan sifat darajasiga olib chiqish.

Foto: Infocom.uz 

Avval O‘zbekiston «Elektron xizmat» Markazi axborot xizmatiga rahbarlik qilgan Nelli Karimova O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari etib tayinlandi. 

«Tiketon» kompaniyasi chiptalarni elektron sotish bozorining 75 foizini egallagan holda Qozog‘istondagi chipta operatorlari bozorida yetakchi sanaladi. Mamlakatning muhim ahamiyatga ega barcha voqealariga chiptalarni onlayn sotish xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Qozog‘istonda ushbu saytga bir kunda 15 ming faol foydalanuvchi tashrif buyuradi va 2018 yilning birinchi yarmida sotuv hajmi 4,5 million AQSh dollaridan oshib ketdi.

Foto: Infocom.uz 
Top