14:44 / 31.07.2018
4533

Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Foto: urdupoint / wikipedia

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

«31 iyul kuni O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi», - deya xabar bergan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi. 

Vazirlar muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro kun tartibi bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Mavzuga oid
Top