Braziliya AQŞning ikkilamçi sanksiyalariga tuşib qoliş xavfi tufayli Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov samolyotiga yonilği quyişdan boş tortdi, deb xabar berdi Aero Telegraph portali 22 fevral, payşanba kuni.
Resursga köra, Lavrov Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitidan Braziliya prezidenti Lula da Silva bilan uçraşuvga Il-96 hukumat samolyotida uçişi kerak edi. Lavrov samolyotiga yonilği quyişdan boş tortilgaç, Braziliya tomoni Rossiya vaziriga Braziliya taşqi işlar vaziri Mauro Vieyra samolyotida «yöldoş» sifatida Lula bilan uçraşuvga uçişni taklif qildi.
Aero Telegraph ta’kidlaganidek, tomonlar şunga qaramay, Sergey Lavrov da Silva bilan suhbatdan söng Rossiya hukumati Il-96 samolyotini boşqa joyda yonilği bilan töldirişga kelişib oldi.
Lavrovning samolyotiga baribir yonilği quyildi
Keyinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova vazirning samolyoti parvozga tayyorligini, yonilği bilan töldirilganligini aytdi. «Samolyotga yonilği quyildi, Braziliya tomoni logistika bilan ta’minladi», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.
Lavrovning özi jurnalistlarga hozirgi vaziyatni şunday izohladi: «Braziliyada Ğarb korporatsiyalariga tegişli bölmagan samolyotlarga yonilği quyadigan kompaniyalar deyarli yöq». Şu bilan birga, Braziliya tomoni «bu masalani hal qiliş uçun hamma narsani qildi», dedi vazir.













