18 avgust – 2 sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxatini ketma-ketlikda e'lon qilib kelmoqda.
Tennis bo‘yicha bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilar ro‘yxati taqdim etiladi:
Denis Istomin
Farruh Do‘stov
Sanjar Fayziyev
Jo‘rabek Karimov
Iroda To‘laganova
Sabina Sharipova
Nigina Abduraimova
Oqgul Omonmurodova
Murabbiy: Samug‘ Abidov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik taekvondochilarning Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum qilingandi.