11:03 / 07.08.2018
19343
Ekspert: Rahmon va Mirziyoyev O‘zbekistonning Rog‘un GES qurilishida ishtirok etishi haqida kelishib olishi mumkin

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari O‘zbekistonning Rog‘un GES qurilishi ikkinchi bosqichidagi ishtiroki to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin.

Tojikiston Siyosatshunoslar milliy uyushmasi raisi Abdug‘aniy Mamadazimov «AP»ga bergan intervyusida shunday dedi.

Abdug‘aniy Mamadazimov
Foto: DW/G.Fasxutdinov

«Toshkent Rog‘un GES qurilishi uchun 300-500 million AQSh dollariga teng mablag‘ni ajratishi mumkin. O‘zbekistonning Tojikiston gidroenergetikasi giganti qurilishidagi moliyaviy ishtiroki o‘nlab yillar mobaynida ikki mamlakat o‘rtasida barqaror munosabatlar saqlanib qolishini kafolatlashi, hamda qo‘shni davlatning sug‘orish mavsumida muammosiz ichimlik suvi olishi kafolatiga aylanishi mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi Mamadazimov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti bo‘lgach, ikki qo‘shni davlat rahbarlari Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarida qo‘ldan chiqarilgan barcha narsaga erishmoqchi.

«Mirziyoyevning Dushanbega ilk davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 27ta muhim bitim imzolandi. Imomali Rahmonning Toshkentga davlat tashrifi paytida ham O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida bundan kam bo‘lmagan miqdorda hujjatlar imzolanadi. Bu ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlarga erishish borasida jiddiy bel bog‘laganidan dalolat beradi», - deya hisoblaydi siyosatshunos. 

Uning ishonch bildirishicha, Rahmonning 17-18 avgust kunlari O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi yakunlariga, Toshkent xuddi Moskva, Pekin, Ostona va Ashxobod bilan bo‘lgani kabi Dushanbening strategik hamkoriga aylanadi.

«O‘ylaymanki, Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston bu mamlakatdan kelayotgan tahdid darajasini juda yaxshi tushunadi, shuning uchun Mirziyoyev va Rahmon tomonidan imzolanadigan asosiy hujjatlardan biriga xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalasi aylanadi», - deya ta'kidlab o‘tdi ekspert.

Bundan tashqari, Mamadazimovning fikricha, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muammolarni hal etish bo‘yicha yagona pozitsiyani muvofiqlashtirib oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida tashqi tajovuzga qarshi birga kurashish bo‘yicha bitim imzolanishi kutilayotgani xabar berilgandi. 

Top