12:16 / 11.08.2018
16196

Nazarboyev Kaspiy bo‘yicha «tarixiy qaror» haqida e'lon qildi

Foto: Sputnik / Bolat Shayxinov

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, Kaspiydagi davlatlarning o‘zaro aloqalari bo‘yicha barcha masala kelishilgan va 12 avgust kuni «tarixiy qaror» qabul qilinadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Eron va Turkmaniston prezidentlari Aktau shahrida uchrashadilar hamda Kaspiy dengizining huquqiy maqomini aniqlash bo‘yicha muzokaralarni yakunlaydilar. Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha «murakkab muzokaralar» 20 yildan ortiq vaqt mobaynida amalga oshirilgan.

«Menimcha, barcha masalalar muvofiqlashtirilgan, biz ertaga tarixiy qaror qabul qilamiz. Bu biz uchun juda muhim palla», - deya ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Top