8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:05 / 15.08.2018 13665

Arzon narxlardagi MEIZU smartfonlarining yozgi seriyasi

Smartfonlar bugunga kelib noyob va hashamatli qurilma bo‘lmay qoldi. Vaqt o‘tgan sari ishga oid va shaxsiy yozishmalar ko‘p hollarda aqlli telefonlarga mo‘ljallangan turli xil messenjerlar va ilovalar orqali olib borilmoqda.

Har doim ham o‘zingiz bilan birga fotokamera, musiqa pleyeri, diktofon, o‘yin pristavkasi va Internetdan foydalanish uchun planshet olib yura olmaysiz, ammo smartfon yuqoridagi barcha zaruriyatlarni bir o‘zi hal qilishi mumkin.

Hozirda, agar jahon bozoridagi holatga nazar tashlaydigan bo‘lsak, taqdim qilinayotgan modellar orasida asosan byudjyet segmentdagi smartfonlar sotuvi ancha chaqqon. Buning sababi esa odamlarga har kuni zarur bo‘ladigan raqamli funksiyalar majmuasi hamyonbop narxlarda taklif etilishidadir. Albatta, tajribali fotografni byudjyet smartfon kamerasidagi parametrlar qoniqtirmasligi mumkin, ammo shu bilan bir vaqtda, qimmat flagman kamerasini ham professional kamera bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Boshqa xususiyatlar bilan ham holat ayni shunday. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oddiy foydalanuvchi o‘zi uchun hamyonbop bo‘lgan smartfon sotib olgani foydaliroq, chunki flagman apparat imkoniyatlari unga har doim kerak bo‘lmasligi mumkin.

Hamyonbop smartfonlar turi biz kutgandan ancha ko‘p. Dunyodagi deyarli barcha brendlar arzonroq modellarni taklif qilgani bois, xaridor hamisha o‘ziga qaysi qurilmani tanlaganim afzalroq degan savolni beraveradi. Nega aynan Meizu smartfonlariga e'tibor qaratish muhim ekanligiga bir nechta dalil keltirmoqchimiz.

Ayni paytda Meizu M5S, Meizu M6, Meizu M6s va Meizu M6 Note smartfonlari O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan. Ularning har biriga o‘zida Android va iOS platformalarining eng yaxshi xususiyatlarini jamlagan va o‘zining tezligi hamda qulayliklari bilan ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan Flyme interfeysi o‘rnatilgan.

Ushbu modellarning parametrlarini qisqacha qiyoslaymiz.

M5s - bu har tomonlama qulay hamyonbop smartfon. Qurilmaning ajoyib parametrlari HD formatda video ko‘rishingizga, o‘yinlar va foydali ilovalar yuklashingizga yordam bersa, xotira hajmi o‘zingizning sevimli qaydlaringizni va rasmlaringizni telefonda saqlash imkoniyatini taqdim etadi. Mustahkam alyuminiy korpus esa hayotimizda har kuni bexosdan ro‘y beradigan kichik shikastlardan himoya qiladi. Xullas, bularning hammasini juda qulay narxlarda sotib olishingiz mumkin. Mana endi o‘zingiz xulosa chiqarib olavering. Bir so‘z bilan aytganda, siz ashaddiy o‘yin yoki professional foto va videotasvir ishqibozi bo‘lmasangiz, bu siz va hamyoningiz uchun eng mos keladigan model.

Parametrlari: 1280x720 nuqtali tasvir aniqligiga ega 5,2-dyuymli ekran, 8x1,3 GGts chastotali 8-yadroli protsessor, 3 Gb operativ xotira, 16 Gb ichiga o‘rnatilgan xotira. Asosiy (13 Mp, 1920x1080) va old (5 Mp, 1980x1080) kameralarga ega.

M6 arzonroq narxdagi yanada quvvatliroq model hisoblanadi. Birinchi navbatda ushbu model fototasvir ishqibozlarini ko‘proq qiziqtirishi turgan gap, chunki M6 8 megapikselli selfi-kamera va 13 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan. Suratga olishda energiya iste'moli ortishi hisobga olinib, akkumulyator quvvati M5s modeliga nisbatan kuchaytirilgan. Ko‘pchilikka xush keluvchi yana bir holat M6 modelining turli ranglarda taqdim etilganidir, bu jihat har bir mijozga o‘z uslubiga mos rangdagi modelni tanlashga imkon beradi.

M6 modeli ikki variantda: 2 Gb operativ va 16 Gb ichiga o‘rnatilgan xotira hamda 3 Gb operativ va 32 Gb ichiga o‘rnatilgan xotira bilan sotuvga chiqarilgan. Qolgan parametrlar esa oldingisiga mos keladi: 1280x720 nuqtali tasvir aniqligiga ega 5,2-dyuymli ekran, 4x1,5+4x1.0 GGts chastotali 8-yadroli protsessor. Asosiy kamera M5S modeli kabi parametrlarga ega bo‘lib, yanada tiniqroq selfilar uchun o‘rnatilgan 8MP hajmdagi old kameraga ega.

M6s smartfoni jahon bozorida yuqori sotuv ko‘rsatkichlarini qayd etdi. Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Birinchidan, nafis dizayn — har holda zamonaviy qurilmani olib yurish baribir yoqimli, ikkinchidan, o‘ta mustahkam metall korpus — bu gadjyetni uzoq vaqt davomida ishlatish uchun kafolat, va nihoyat uchinchidan, M seriyadagi eng kuchli kamera. Juda ko‘p quvvat talab qiladigan ilovalarni o‘rnatib ko‘ring va uning qanchalik texnik quvvati yuqori ekanligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz! Shunda sizda M6 modelining nega mashhur bo‘lib ketgani borasida boshqa savol qolmaydi.

Parametrlari: 1440x720 nuqtali tasvir aniqligiga ega 5,7-dyuymli ekran, 2x2,0+4x1,6 GGts chastotali 6-yadroli protsessor, 3 Gb operativ va 32 Gb ichiga o‘rnatilgan xotira. 16 megapikselli o‘tkir ko‘zli asosiy kamera va 8 megapikselli old kamera tasvirga olish mahoratingizni yanada kuchaytirishga zamin yaratadi.

Barcha o‘yin ishqibozlari va yuqoriroq talabga ega ilovalar muxlislari Meizu M6 Note smartfoni taqdimotini kutishgan edi. Bu Meizu brendining Qualcomm, aniqroq aytganda, Qualcomm Snapdragon 625 markali protsessori o‘rnatilgan ilk smartfoni bo‘lib, gadjyet tizimi byudjyet versiyalarga mo‘ljallanmagan dasturlar bilan ham ishlay oladi, kuchli protsessorning yuqori sig‘imli akkumulyator bilan uyg‘unligi esa o‘yin rejimida to‘xtovsiz 10 soat ishlash imkoniyatini beradi. mTouch qulay va tez zaryadlash funksiyasi ham juda ahamiyatli, negaki bu texnologiya orqali qurilmani oz vaqt ichida to‘liq quvvatlash mumkin.

M6 Note 3 ta: 3-16, 3-32 va 4-64 versiyalarda taqdim etilgan (birinchi raqam operativ va ikkinchi raqami ichiga o‘rnatilgan xotirani ifodalaydi). Ushbu smartfonlar 1920x1080 nuqtali tasvir aniqligiga ega 5,5-dyuymli ekran, 8x2,0 GGts chastotali 8-yadroli protsessor, shuningdek ikkita asosiy (12 Mp rangli va 5 Mp monoxrom) va bitta old (16 Mp) kameralar bilan jihozlangan.

Nihoyat, sizga eng xush keladigan jihatga, ya'ni ularning narxlariga ham yetib keldik. M5s modelini taxminan 930 000 so‘mga, M6 modelini esa xotira hajmiga qarab 900 000 so‘m yoki 1 000 000 so‘m evaziga, M6s - 1 500 000 so‘mgacha, M6 Note modelini esa xotira hajmiga qarab 1 350 000 so‘mdan 1 720 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Qurilma ajoyib parametrlarga ega bo‘lsa ham, ular byudjyet smartfonlar turkumiga mansub, shuning uchun ularning narxi bag‘oyatda hamyonbop. Meizu smartfonlarini sotib olish orqali narx va sifatning a'lo darajadagi hamohangligi hamda maksimal qulayliklarga ega quvvatli gadjyetga ega bo‘lasiz!

MEIZU smartfonlari — barcha uchun, har bir inson uchun va aynan sen uchun!

Sayt: meizustore.uz

Facebook: fb.com/meizu.uzbekistan

Instagram: @meizu_uz

Telegram: @meizu_uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top