
MEIZU kompaniyasi Toşkent şahrida özining flagman dökonini oçdi. Uşbu dökondan xaridorlar MEIZU smartfonlari va aksessuarlarini sotib olişlari, şuningdek, MEIZU qurilmalari böyiça batafsil ma'lumot va tavsiyalar bilan tanişişlari mumkin.
Sifatli smartfonlar işlab çiqaradigan mazkur brend Özbekistonda rasmiy dökonini oçişni rejalaştirayotgani haqida şu yilning bahorida xabarlar tarqalgan edi. Oradan bir neça oy ötgaç, kompaniya öz va'dasiga sodiq qolgan ravişda Toşkent şahrida MEIZU brendşopining eşiklarini mijozlar uçun oçdi.

Barçaga ma'lumki, uşbu Xitoy brendi ohang va boşqa jihatlarga alohida e'tibor bilan yondaşadi, şuning uçun sifatli tovuş MEIZU smartfonlariga tegişli afzalliklardan biri hisoblanadi. Brendşop oçilişi ham mavzuga mos tarzda yaxşi musiqa va raqslar bilan uyğunlaşdi. MEIZU kompaniyasining ramzi bölgan yoqimli panda ohangdor treklarga mos raqsga tuşib, oçiliş marosimiga taşrif buyurgan mehmonlarga xuş kayfiyat ulaşdi.
Keling, endi uşbu tadbirning asosiy qahramonlari MEIZU smartfonlari haqida gaplaşsak. Internetda smartfon tasvirlarini tomoşa qiliş, albatta, yaxşi, ammo qurilmani şaxsan, öz qölingiz bilan sinab körişning zavqi boşqaça. Marosimga kelgan mehmonlarning barçasi demo-stendga örnatilgan sönggi MEIZU smartfonlari bilan jonli tarzda tanişiş va şu yerning özida ularni xarid qiliş imkoniyatiga ega bölişadi. Bundan taşqari, brendşopda mehmonlar 16 seriyadagi yangi modellarni tekşirib körib, oldindan buyurtmani amalga oşirişlari mumkin.

Köpçilik mehmonlar uçun MEIZU aksiyasi haqidagi xabar çinakam syurprizga aylandi. Uşbu aksiya doirasida MEIZU smartfonini xarid qilganlarga 16 GB yoki 32 GB siğimdagi micro SD-karta taqdim etilayotgan edi. Aktsiya 15 kun, ya'ni 2018 yilning 28 oktabriga qadar davom etadi.













