
MEIZU brendi TTEC kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z mijozlariga yangi syurpriz tayyorladi.
Hozirgi kunda smartfonsiz yurish qo‘lsiz yurganday gap. Yaqinlarimizga qo‘ng‘iroq qilib chiqishimiz, tanishlarga xat yo‘llash, suratga olib, uni xorijdagi do‘stlarga yuborish, xotira uchun rasmlarga tushish kerak. Yaxshi kamera va quvvatli dasturga ega bo‘lmagan telefonsiz bularni qanday uddalaysiz?
MEIZU bu amallar uchun yuqori darajali, a'lo texnik parametrlar, ajoyib dizayn va hamyonbop narxga ega bo‘lgan 15|15 Plus modellarini sizga taklif etadi.

MEIZU 15|15 Plus modellarining texnik xususiyatlari haqida batafsil:
- Super AMOLED displey: 5,46” (1920x1080) / 5,95” (2560x1440).
- operativ xotira: 4 GB / 6 GB
- ichki xotira: 64 GB;
- protsessor chastotasi: 8x2,2 GGts / 8x2,3 GGts;
- akkumulyator: 3 000 mAs / 3 500 mAs;
- asosiy kamera: aniqligi 12 Mp+20 Mp juft sensor, 1/2,3 matritsali va f/1.8 aperturali, ikki xil rangdagi halqali chaqnoq (6 ta yorug‘lik diodlari), takomillashgan tungi suratga olish funksiyasi, uch karrali zum va optik stabilizatsiya bilan kuchaytirilgan.
- Old kamera: f/2.0 aperturali va yuzni tezkor tanish imkoniyatiga ega 20 megapikselli kamera

Effektli video ishlamoqchimisiz? Sozlangan Slow Motion rejimida tasvirga oling va videoni haqiqiy kinematografik klipga aylantiring!
Sovg‘a nima ekan deb qiziqyapsizmi? Unda eshiting. Ishlar bilan ko‘chada yurganingizda sizga pand berishi mumkin bo‘lgan narsa nima? Albatta, bu telefon zaryadining tugab qolishidir, to‘g‘rimi?
Shu vaziyatda sizni insoniyatning buyuk kashfiyoti - tashqi akkumulyator qutqaradi.
MEIZU 15|15 Plus modellarini xarid qilsangiz, sizga TTEC kompaniyasidan telefonni uch marta zaryadlay oladigan 10 000 mAs sig‘imli tashqi akkumulyator sovg‘a qilinadi.














