22:19 / 17.08.2018
17668

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti yana bir telekanalga ega bo‘ldi

Foto ©RIA Novosti

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev yana bir telekanalga ega bo‘ldi. U “Kanal D” teleradiokompaniyasi tahririyati” MChJ ta'sischisiga aylandi.

Atamboyevdan tashqari, kanalning ta'sischisi sifatida “Aprel” jamoat jamg‘armasi ko‘rsatilgan.

Atamboyev, shuningdek, “Aprel” telekanaliga ega. Telekanalga Dmitriy Lojnikov, jamg‘armaga esa Farid Niyazov rahbarlik qiladi.

Barcha bu uch kompaniya Atamboyevga tegishli “Forum” binosida joylashgan.

Top