Yangi o‘quv yilidan boshlab OTMlarda 100 ballik tizimdan voz kechiladi
2018-2019 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayoni yangidan takomillashtirilgan me'yoriy hujjatlarga ko‘ra tashkil etilishi belgilandi. Bu haqida Milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi va OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmonov batafsil ma'lumot berib o‘tgan.
«Yangi o‘quv yilida bir qancha islohotlarni amalga oshirishga harakat qildik. Xususan, bu yilda talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimi takomillashtirilgan ko‘rinishda joriy etiladi. Bunda avvalgi 100 ballik tizimdan voz kechiladi va 5 ballik baholash kiritiladi. Shu jumladan, pedagogning yakuniy nazorat imtihonlaridagi ishtirokini istisno etish amaliyoti qo‘llaniladi. Navbatdagi o‘zgarishlardan biri «ustoz-shogird» an'anasini joriy etish maqsadida o‘quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar «vaqt me'yorlari»ning yangi mexanizmlari tasdiqlanadi. Oliy ta'lim muassasalarida pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish yangi tartibi belgilanadi. Bitiruvchi talabalar topshiradigan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari optimallashtiriladi va asosan bitiruv malakaviy ishlari yoki mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonlariga e'tibor beriladi», deya Abdurahmonovning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Anjumanda, shuningdek, bir qator yangiliklar aytib o‘tilgan. Respublikadagi 5ta oliy ta'lim muassasasida 2018-2019 o‘quv yilidan qo‘shma diplom dasturi asosida bakalavr va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boshlanadi. Bunda xorijiy va mahalliy OTMlar bilan «2+2» va «3+1» dasturi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish yuzasidan o‘zaro kelishuv amalga oshiriladi. Ikki tomonlama shartnoma asosida talabalar xorijda mutaxassisliklari bo‘yicha maksimal 4 semestr davomida amaliyot o‘tashlari mumkin. Ayni paytda vazirlik tomonidan xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 8ta filial, 22ta qo‘shma fakultet, 46ta ikki tomonlama qo‘shma dasturlarni joriy etish asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilyapti.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya Rossiya bilan chegara yaqinida harbiy baza quradi
Jahon | 19:12
-
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
Jahon | 19:01
-
O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O‘zbekiston | 19:00
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
Mavzuga oid

17:45 / 13.01.2025
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit

17:59 / 26.08.2018