18:58 / 28.08.2018
35478

Krishtianu Ronaldu - birinchi marta Yevropaning eng chiroyli goli muallifi

Foto: AFP

UYeFA Yevropa futbolining 2017/18 yillar mavsumidagi eng chiroyli golini aniqladi. Unga ko‘ra, YeChL yarim finalidagi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «Real» safida «Yuventus» darvozasiga urgan goli eng yaxshi deya e'tirof etildi.

Ushbu e'tirof UYeFA rasmiy saytidagi so‘rovnoma natijalariga asoslanadi. 2 hafta davom etgan ovoz berish jarayonida UYeFA bayrog‘i ostidagi 11 ta musobaqa o‘yinlari orasidan tanlab olingan 11 ta gol varianti taqdim etilgan edi. So‘rovnomaga jami 349 915 ovoz kelib tushgan bo‘lib, shundan deyarli 200 000 tasida g‘olib nomzod qo‘llab-quvvatlangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Yuventus" a'zosi hisoblanuvchi Ronaldu o‘tgan haftada bergan intervyularidan birida aynan ushbu golini faoliyatidagi eng chiroylisi deb hisoblashini aytib o‘tgandi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan gollar:
1. 197 496 ta ovoz - Krishtianu Ronaldu («Yuventus» – «Real», Chempionlar ligasi)
2. 35 558 ta ovoz - Dimitri Payyet («Marsel» – «RB Leyptsig», Yevropa ligasi)
3. 23 315 ta ovoz - Eva Navarro (Germaniya – Ispaniya, 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati)

Yevrofutbolning eng chiroyli gollari mualliflari:
2014/15 – Lionel Messi. 06.05.2015 dagi «Barselona»-«Bavariya» (3:0) o‘yinidagi gol
2015/16 – Lionel Messi. 24.11.2015 dagi «Barselona»-«Roma» (6:1)
2016/17 – Mario Manjukich. 03.06.2017 dagi «Yuventus»-«Real» (1:4)
2017/18 – Krishtianu Ronaldu. 03.04.2018 dagi «Yuventus»-«Real» (0:3)

Bu yil ovozga qo‘yilgan gollar o‘nligi:

Mavzuga oid
Top