10:53 / 28.08.2018
5749

Transport kodeksini ishlab chiqish taklif etildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida transport kodeksini ishlab chiqish zarurati haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda transport sohasini tartibga solishga oid 700dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. 

“Ushbu hujjatlarni jamlab, yagona transport kodeksini ishlab chiqishni taklif qilaman. Transport kodeksi ishlab chiqilsa, ushbu sohani tartibga solish osonlashadi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

“O‘zbekiston Respublikasi Transport kodeksini ishlab chiqish har jihatdan maqsadga muvofiq”, - deyiladi murojaatda.

Top