O‘zbekiston | 15:07 / 10.04.2024
3843
2 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​2024 yilning 3 oyida “Tez yordam”ga 3,1 million chaqiriq bo‘lgan

“Tez yordam”ga kelib tushgan murojaatlarning 2,2 millioni shoshilinch ko‘rsatma, 812 mingtasi surunkali kasalliklar va 19 mingtasi tug‘uruqlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

2024 yilning yil yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga respublika bo‘yicha jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat qayd etilgan. Bu haqda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, chaqiruvlarning asosiy qismi shoshilinch ko‘rsatma bilan bo‘lgan. Statistikaga ko‘ra, shoshilinch ko‘rsatma – 2 million 205ming 296 ta, surunkali kasalliklar – 812 ming 247 ta va tug‘uruqlar – 19 ming 114 tani tashkil qilgan.

Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi:

  • Toshkent shahri — 330 919 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 326 436 ta;
  • Andijon viloyati — 300 279 ta;
  • Toshkent viloyati — 289 533 ta;
  • Namangan viloyati — 271 791 ta.

“Tez yordam” xizmatiga eng kam chaqiriq esa Navoiy (90 434 ta), Sirdaryo (107 180 ta), Jizzax (116 878 ta) va Buxoro viloyatlari (150 852 ta) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (156 015 ta) kuzatilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 2023 yilning ayni shu davrida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 3 million 90 ming 313 ta chaqiriq kelib tushgan.

Mavzuga oid