21:42 / 30.08.2018
4992

Chempionlar Ligasi o‘tgan mavsumining eng yaxshi darvozaboni ma'lum bo‘ldi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

«Real» posboni Keylor Navas Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumining eng yaxshi darvozaboni deb e'lon qilindi.

Bu sovringa avvalgi mavsumda «Roma» tarkibida o‘ynagan «Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker va «Yuventus» tarkibida o‘ynagan «PSJ» darvozaboni Janluiji Buffon ham da'vogarlik qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Navas «Real» bilan o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.

Top