16:55 / 30.08.2018
9523

Osiyo o‘yinlari. Gulnoza Matniyazova bronza medal oldi

O‘zbekiston dzyudo jamoasi Osiyo o‘yinlarida ilk bronza medalni qo‘lga kiritdi.

-70 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Gulnoza Matniyazova finalda xitoylik Zu Yani ippon bahosi bilan mag‘lub etdi va bronza medalga ega chiqdi.

Matniyazova nimchorak finalda  hindistonlik Garima Gudarini, chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Tsend-Ayush Naranjargalni ippon bahosi bilan mag‘lub etgandi.

Ammo u yarim finalda janubiy koreyalik Kim Seongeonga yutqazib qo‘ydi va bronza uchun kurashadigan bo‘ldi.

Uning bronzasi O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi 19-bronzasi bo‘ldi. Ayni vaqtda O‘zbekiston jami 53 medal jamg‘argan - 15 oltin, 19 kumush va 19 bronza.

Top