18:36 / 31.08.2018
18863

Musulmonlar idorasi ayrim masjidlarda imom-xatiblar rotatsiyasini o‘tkazdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘z tizimidagi masjidlarda xizmat qilayotgan imom-xatiblar va imom noiblarining vazifa almashinuvi (rotatsiya)sini o‘tkazdi. Bu haqda Idora Axborot xizmati xabar qilmoqda. Xabarda ta'kidlanishicha, vazifa samaradorligi hamda imom-xatiblar faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida shunday qilingan. 

Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mutaxassisligida faoliyat yuritib kelgan Isoqjon Begmatov avvalgi lavozimida 0,5 stavka saqlagan holda Yakkasaroy tumani “Usmon ibn Maz'un” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tkazilgan. 

“O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tizimida vazifa samaradorligini oshirish hamda imom-xatiblarning ish faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida idora tizimidagi masjidlarda xizmat qilayotgan bir qator imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida vazifa almashinuvi (rotatsiya) o‘tkazildi. Jumladan:

Muhammadiyev Rabbim “Rakat” jome masjidi imom-xatibligidan “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.  

Ergashev A'zamjon “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibligidan “Baland” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.

Hakimov O‘tkir “Usmon ibn Maz'un” jome masjidi imom-xatibligidan “Rakat” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.

Begmatov Isaqjon O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mutaxassisligidan “Usmon ibn Maz'un” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.

Jumanov Abdulhamid “Islomobod” jome masjidi imom-xatibligidan Xorazm viloyati Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtiga o‘qituvchi vazifasiga o‘tdi.

Abduqodirov Muhammadrahim “Abu Hurayra” jome masjidi imom-xatibligidan “Islomobod” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.

Numanjanov Muhiddin “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom noibligidan “Abu Hurayra” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi”, - deyiladi xabarda. 

Top