Diniy soha vakillari va rasmiylar «Bag‘rikenglik bog‘i»da ko‘chat o‘tqazishdi (foto)
Bugun, 5 aprel kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil qilingan «Bag‘rikenglik bog‘i»da diniy soha peshvolari va rasmiylar ko‘chat o‘tqazishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilingan suratlarda marosimda prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahmatulloh Termiziy va boshqa diniy konfessiya yetakchilari ishtirok etgani aks etgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ishlar prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, mazkur loyiha doirasida joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining bayonoti ham qabul qilingan.
«Bayonotda «Yashil makon» umummilliy loyihasining hayotimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilib, dinimiz ta’limoti asosida barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chaqirish barobarida, qishloq-ovullarmiz, mahalla-ko‘ylarimizni obod qilish orqali yurtimizni bog‘-u bo‘stonga aylantirish nazarda tutilgan. Ushbu savobli loyihada yurtimizdagi barcha masjid-u mahallalar uyushqoqlik bilan ishtirok etib, masjidlar hududida yashil makonlar tashkil etish va ko‘chat ekish ishlari faol davom ettirilmoqda — deyiladi Musulmonlar idorasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
Sport | 10:07 / 08.01.2025
-
Pistorius Kiyevga yordam paketi bloklangani haqidagi xabarni rad etdi
Jahon | 08:53
-
Komil Allamjonovga yaqin shaxslarning shikoyati Oliy sudda ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 08:51
-
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi
Iqtisodiyot | 08:30
Mavzuga oid
20:14 / 29.05.2024
Plyajga 10 mingta plastik o‘rdak: Ekologiya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini ogohlantirdi
17:23 / 27.08.2022
Komil Allamjonov: «No photo, no video muammosi allaqachon yo‘qotilishi kerak edi»
17:35 / 06.08.2022
Toshkent viloyatida 10 mrld so‘mga «Yangi O‘zbekiston» bog‘i quriladi – hokim farmoyishi
22:00 / 17.01.2022