12:55 / 31.08.2018
7793

Osiyo o‘yinlari. Shunqor Abdurasulov ham finalda

Osiyo o‘yinlarida boks musobaqalarining yarim final janglari davom etmoqda.

O‘zbekistonlik yana bir bokschi final yo‘llanmasini hal qildi. -60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov tailandlik Juntrong Rujakranga imkoniyat qoldirmadi - 5:0 (29:28, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28).

Endi uning finalda mo‘g‘ulistonlik Erdenebat Tsendbattarga qarshi jang qiladi. U Xitoy vakilini mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi

Final janglari 1 sentabr kuni o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top