07:28 / 31.08.2018
8386

Toshkentda 4ta mashina va piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

28 avgust kuni soat 14.30 da Mirobod tumani Fitrat ko‘chasida «VAZ-2105» rusumli avtomobilni boshqarib borgan 56 yoshli K.Ibrohim qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Lasetti»ni o‘tkazib yubormasdan qayrilib olishga harakat qilgan. 

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, oqibatda «Lasetti» haydovchisi, 20 yoshli Z.Javohir boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi «Matiz» avtomashinasini urib yuborgan. 

O‘z navbatida, «Matiz» zarba kuchi tufayli joyidan qo‘zg‘alib, 37 yoshli K.Pavelni va oldindagi boshqa bilan «Lasetti» rusumli avtomobilni borib urgan. 

Jarohatlangan piyoda shifoxonaga yotqizilgan. Haydovchilarga ziyon yetmagan.

Top