23:56 / 02.09.2018
3521

“Formula-1”ning Italiya bosqichida Hemilton zafar quchdi

Foto: Foto: Mark Thompson/Getty Images

“Mersedes” jamoasi poygachisi, britaniyalik Lyuis Hemilton “Formula-1”ning 14-bosqichi – Italiya Gran-prisida g‘olib bo‘ldi.

2-o‘rinni Kimi Raykkonen (“Ferrari”) egalladi. Finlyandiyalik poygachi faoliyati davomida yuzinchi marta shohsupaga ko‘tarildi. Marraga uchinchi bo‘lib Valtteri Bottas (“Mersedes”) yetib kelgan.

Umumiy hisobda 2-o‘rinni egallayotgan Sebastyan Fettel (“Ferrari”) Hemilton bilan 1-davrada to‘qnashgandan keyin ko‘plab pozitsiyani yo‘qotgan, biroq natijada 4-o‘rinni egallagan. 

Hemilton umumiy hisobda 256 ochko to‘plab, yetakchiligini mustahkamlab oldi. Endi u ortidan kelayotgan Fetteldan 30 ochko oldinda bormoqda.

Poyganing navbatdgi bosqichi Singapurda 13-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top