16 aprel kuni Florensiya şahrida joylaşgan Palazzo Pitti saroyidagi Uffitsi galereyasida “Özbekiston: Sahrodagi avangard” yirik körgazmasining "Nur va rang" nomli birinçi qismi oçildi.



Körgazmada Markaziy Osiyoning XX asrga oid badiiy asarlari namoyiş etildi. Uşbu ekspozitsiya tomoşabinlar e’tiborini XX asrning birinçi yarmiga oid rus şarqşunos-ijodkorlari va milliy san’at maktabi vakillari asarlarida aks etgan Markaziy Osiyoning badiiy qiyofasiga qaratadi.



Körgazmaga taşrif buyuruvçilar badiiy andozalarning vizual almaşuvidan bahra olibgina qolmay, modern bilan Markaziy Osiyo xalqlari ijodi örtasidagi qiziqarli muloqotga ham guvoh bölişlari edi.
Uşbu körgazma eşiklari taşrif buyuruvçilar uçun 2024 yil 30 iyunga qadar oçiq böladi.
17 aprel kuni Venetsiyadagi nufuzli Ka Foskari universitetida “Özbekiston: Sahrodagi avangard” körgazmasining “Şakl va ramz” nomli ikkinçi qismi oçildi.


Uşbu körgazmaga taşrif buyuruvçilar avangard ustalarining asarlari, arxiv suratlari va multimedia obektlari orqali madaniy boylik hamda avant-garde oriyentalis rivojlaniş bosqiçlari bilan tanişiş, şuningdek, madaniy merosni saqlab qolişda Igor Savitskiyning roliga baho beriş imkoniyatiga ega böladi.











