19:43 / 12.09.2018
14828

Semizlik aqliy salohiyatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlandi

Foto: Shutterstock

Amerikalik olimlar jamoasi ortiqcha vazn miya faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Science News shu haqida xabar berdi. 

Tadqiqot ikki guruhga ajratilgan laboratoriya sichqonlarida o‘tkazildi. Birinchi guruh kemiruvchilari kaloriyali oziq-ovqatlar bilan, ikkinchi guruhdagilari esa tavsiya qilingan miqdordagi kaloriyali mahsulotlar bilan oziqlantirildi. 

Uch oy ichida birinchi guruh sichqonlarining vazni ikkinchisiga nisbatan o‘rtacha 40 foizga oshdi, ularning aqliy salohiyati esa pasaydi. Masalan, sichqonlarning  labirintdan chiqishi sekinlashgani va tashqi ta'sirlarga sekinroq reaksiya qilayotgani kuzatilgan. 

Ortiqcha vazn to‘plagan sichqonlarda mikrogliylar - aqliy salohiyatga ta'sir qiluvchi hujayralar soni oshgani aniqlangan. Mutaxassislar bu o‘z-o‘zidan xavfli emasligi, lekin ularning ko‘payishi miyadagi signallarni sekinlashtirish mumkinligini ma'lum qilishdi. Olimlar sog‘lom sichqonlar ortiqcha vaznli sichqonlarga nisbatan  nafaqat tezkor, balki aqlliroq ham ekanini ta'kidlashmoqda. 

Mavzuga oid
Top