Sekin ovqatlanish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish mumkin – tadqiqot
Inson istalgan taomni iste’mol qilishi va vazn yo‘qota olishi mumkin. Niderlandiyalik olimlar olib borgan tadqiqotda ana shu bog‘liqlik tadqiq etilib, ushbu yangilik ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Getty Images
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, to‘g‘ri ovqatlanishning eng birinchi qoidasi – idishlar tuzilishini to‘g‘ri tanlashdir. Chunki noto‘g‘ri qilingan tanlov ortiqcha ovqatlanish xavfini yuzaga keltirishi mumkin.
Ortiqcha ovqatlanishning oldini olishning yana bir samarali usuli ovqatni yaxshilab chaynash va tanaga to‘qlikni his etishi uchun vaqt berishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, miyada to‘qlik hissi ovqatlanishdan 15 daqiqa o‘tgachgina hosil bo‘ladi va bu vaqt ichida juda ko‘p ortiqcha ovqatlanish mumkin.
Gollandiyadagi Vageningen universiteti olimlari ham xuddi shunday xulosaga kelishdi. Ular ovqatni yaxshilab chaynaganlar yumshoqroq taom iste’mol qiladiganlarga qaraganda kamroq ovqatlanishini aniqladilar. Bu shuni anglatadiki, qattiq, qarsilloq yoki chaynashni talab etadigan mahsulotlar va taomlarni iste’mol qilish ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi va sizga tezroq to‘qlik hissini baxsh etadi. Bu orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish mumkin.
Ushbu tadqiqotda ko‘ngilli sifatida 50 kishi ishtirok etgan. New York Post xabariga ko‘ra, ular to‘rt guruhga bo‘linishgan va har biriga turli xil tushlik taklif qilingan: ikkita guruhga to‘liq qayta ishlangan ovqatlar va yana ikki guruhga esa minimal qayta ishlangan taomlar tortilgan. Bundan tashqari, tushlikda har bir toifadagi guruhlarda boshqasiga qaraganda qattiq va qarsildoq mahsulotlar ham mavjud edi.
Qayd etilishicha, barcha tushlik mazali bo‘lib, bir xil miqdordagi kaloriyani o‘z ichiga olgan. Biroq tirnoq va qattiq xususiyatiga ega bo‘lgan taomlarni iste’mol qilganlar kamroq kaloriyada ovqatlangan. Gap shundaki, ularga tortilgan taomlarni tez yeyish qiyin bo‘lib, bu guruh qolgan guruhlarga qaraganda ikki barobar sekin ovqatlangan.
Ularga quyidagi taomnoma taklif qilingan:
- kartoshka pyuresi o‘rniga qaynatilgan guruch;
- oddiy salat o‘rniga turli ko‘katlardan tayyorlangan salat;
- baliqli assorti o‘rniga tovuq go‘shti;
- yumshoq meva o‘rniga olma;
- suyuq xushbo‘ylantirilgan yogurt o‘rniga quyuq ta’msiz yogurt;
Tadqiqotchilarning fikricha, odam qanchalik sekin ovqatlansa, to‘yinganlik hissini shunchalik tez his etadi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.
Maxsuma Oqqo‘ziyeva tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Abadiy jangga tayyor» Rossiya, Trampni pulga ko‘mgan arablar – hafta dayjesti
Jahon | 13:09
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida

18:23 / 26.03.2025
Nega yog‘li ovqatlarni yaxshi ko‘ramiz?

09:33 / 13.02.2025
1,15 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

07:44 / 14.12.2024