Agar siz boşqalarga qaraganda tölaçaroq bölsangiz, bunda geningizning ham ta’siri bor ekanini bilasizmi?

Olimlarning örganişiça, genetik mutatsiya kişilarni ovqatdan qoniqmasliklariga sabab böla oladi. Ularning organizmda yuzaga keltiradigan holati sabab inson köproq tez-tez ovqat yeydi yoki kaloriyasi baland taomlarni iste’mol qilişga öç böladi.

"Semizlik tanlov emas. Tana vaznining genetikasi miyamiz ovqatni qanday nazorat qila olişiga boğliq", deydi Kembrij universiteti genetigi Giles Yeo.

AQŞda aholi yoşi katta qismining uçdan biri, 2 yoşdan 19 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlarning har olti nafardan biri ortiqça vazndan aziyat çekadi.

Semizlikdan aziyat çekayotgan katta yoşli amerikaliklarning har beşdan ikki nafari oldini oliş mumkin bölgan kasalliklar, jumladan, qandli diabetning ikkinçi toifasi, yuqori qon bosimi, yurak qon-tomir kasalliklari va saratonning ma’lum turlariga çaliniş ehtimoli yuqori qatlam hisoblanadi.

Ortiqça vazn butun dunyo uçun umumiy muammolardan biri. JSST ma’lumotiga köra, 2030 yilda Yer yuzining 45 foiz aholisi semirib ketişi mumkin. Eng yomoni aynan semizlar koronavirusni juda oğir boşdan ötkazdi.

Insonlarni şunça xavfga qöyayotgan semizlik epidemiyasining sababi nimada? Bu bizning odatiy turmuş tarzimizga boğliqmi yoki bizga boğliq bölmagan genimiz sababmi?

Iste’mol qilinayotgan ovqatlar va turmuş tarzi ortiqça vaznli odamlar köpayişida muhim rol öynaydi. Bundan taşqari, xuddi insonning böy balandligi singari tana vazni holati ham 50 dan 80 foiz holatgaça genlarga ham boğliq. Garçi bitta genetik mutatsiya bilan semiz bölib qolinmasa ham, ba’zilarning organizmida köproq genetik özgarişlarning sodir bölişi ularni semizlikka moyilroq qiladi. Ayniqsa, genetik holat turmuş tarzining zararli odatlari bilan qöşilib ortiqça vazn oliş ehtimolini oşirişi mumkin.

Tabiatan semizlikka moyillikning mavjud bölişi 1949 yilda AQŞdagi Jekson laborotoriyasida aniqlanadi. Siçqonlar ustida tajriba ötkazayotgan tadqiqotçilar laboratoriya jonzotlarining bir ştammi ğayritabiiy darajada semirib borayotganini payqaşadi. Çunki ular köp ovqat yer, lekin körinişidan oçga öxşaşardi. Siçqonning semirib ketişi va ortiqça ovqatlanişiga gen sabab bölayotganini isbotlaş uçun 45 yil sarflangan. Semizlik geni tanada leptin deb nomlanadigan gormon işlab çiqaradi. Leptin gormoni töyinganlik haqidagi signalni miyaga yuborişi kerak. Yetarliça leptin bölmasa, siçqonlar özlarini oç his qilaverişadi, yeyişadi va semirib ketişadi.