17:08 / 22.09.2018
34323

OAV: O‘zbekiston «Do‘stlik» NO‘Pda qirg‘izistonliklar uchun darvozani yopib qo‘ydi (video)

Qirg‘izistonliklar O‘zbekiston hududiga kiritilmayapti. «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktidan (NO‘P) olingan videoni vaziyatga guvoh bo‘lganlardan biri Facebook’da e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Vecherniy Bishkek».

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, o‘z uylariga qaytishga harakat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham «asirda» qolib ketgan.

«Biz Qirg‘iziston chegarasidan muammolarsiz o‘tdik. Biroq, bizni O‘zbekiston hududiga kiritishni xohlashmayapti. O‘zbekiston uzoq vaqt davomida betaraf hududda odamlarni issiqda ushlab turibdi. Bunday holatga nima sabab ekanini yig‘layotgan bolalar, ayollar hamda erkaklar hech kim tushuntirgani ham yo‘q», - deydi foydalanuvchi.

Ta'kidlanishicha, video 21 sentabr kuni mobil telefon kamerasiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning o‘zbeklar savdo qiluvchi tumanida blokpostlar qo‘yilgani xabar berilgandi.

Top