Sport | 19:00 / 22.09.2018
17593
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu UYeFA o‘zini ta'qib qilmoqda deb hisoblayapti

Foto: EFE

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Valensiya»ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida, maydondan chetlatilishida aybdorlarni topdi.

Futbolchining fikriga ko‘ra, Mestalya stadionidagi mojaro tasodif emas, bunda UYeFAning ham «qo‘li» bor. Monakoda o‘tkazilgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimiga kelmagani uchun, tashkilot undan aynan shu tarzda o‘ch olmoqda, deb yozadi Marca

Bundan tashqari, «Oltin to‘p»ning 5 karra sohibi «Real»ni tark etganidan so‘ng, unga bo‘lgan munosabat o‘zgarganini his qilyapti. Madrid klubida o‘ynab yurganida Ronaldu 20ga yaqin marta shunga o‘xshash tajovuzkor harakatlarni qilgan, ammo biror marta maydondan chetlatilmagan edi.

24 sentabr kuni Londonda FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Agar Ronaldu g‘alaba qozonmasa, mulozimlarni noxolislikda ayblashi mumkin.

Mavzuga oid