8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:53 / 24.09.2018 9357

Otabek Murodov Tojikistondagi yig‘ilishda ishtirok etdi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 20 sentabr kuni bosh prokuror Otabek Murodov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-yig‘ilishida va ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining 16-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishlarda MDH va ShHTga a'zo davlatlarning bosh prokurorlari va ishtirokchi-davlatlar delegatsiyalari rahbarlari, jumladan Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, shuningdek muloqot sheriklari va kuzatuvchi mamlakatlardan taklif etilgan mehmonlar sifatida – Afg‘oniston, Mongoliya, Eron, Nepal, Shri-Lanka, Prokurorlar Xalqaro Assotsiatsiyasi prezidenti Gerxard Yarosh va Saudiya Arabistoni Bosh prokurorlari ishtirok etdi.

ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi davomida transmilliy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish, terrorizm, ekstremizm, diniy va siyosiy radikalizm xavfi va ekstremistik harakatlarning boshqa halokatli ta'siri kuchayayotganligi masalalari, shuningdek jahon va mintaqaviy xavfsizlikning boshqa muammolari muhokama qilindi. Urushlar bilan qamrab olingan qator mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning murakkabligi, siyosiy kelishmovchiliklarning zararli ta'siri va ushbu mamlakatlardagi tinch fuqarolarning o‘limi bilan bog‘liq holatlarga tashvish bildirildi va MDH va ShHTga a'zo-davlatlarning qo‘shma integratsiyalashuvi davlatlar va mintaqalarning xavfsizligini ta'minlashning muhim omili deb topildi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Belarus, Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Rossiya, Tojikiston va Qozog‘iston bilan hamkorlik dasturlari imzolandi.

Top