21:10 / 08.10.2018
21645

Konor bilan jangidan so‘ng Nurmagomedovning Instagram’dagi akkauntiga 3 mlndan ortiq kishi obuna bo‘ldi

UFC chempioni Habib Nurmagomedovning "Instagram"dagi obunachilari soni keskin oshib ketdi. Irlandiyalik Konor Makgregor ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng uning obunachilari soni 10,1 millionga yetdi. Bundan oldin bu raqam 6,8 million kishini tashkil etayotgandi.

Jangdan keyin Habib akkauntiga joylagan otasi bilan tog‘da tushgan surati esa 3,7 milliondan ortiq layk to‘plagan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov) on

Nurmagomedovning "Instagram"dagi eng mashhur rossiyalik sportchilar reytingidagi o‘rni yanada mustahkamlandi. Undan keyingi o‘rinda 3,3 mln obunachi bilan tennischi Mariya Sharapova bormoqda. Uchinchi o‘rinda xokkeychi Aleksandr Ovechkin (1,3 mln obunachi) joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktabr kuni Las-Vegasda UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov o‘rtasida UFC 229 musobaqasi doirasida kechgan jangda rossiyalik sportchi g‘alaba qozondi.

Top