00:38 / 16.10.2018
3461

Malida ikki qayiq cho‘kishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi 

Mali shimolida bir kunda Tombuktu viloyatidagi yarmarkaga yo‘lda ikkita qayiq halokatga uchradi. APA News agentligining ma'lum qilishicha, qayiqlarda umumiy hisobda 48 kishi bo‘lgan, ulardan 26 nafari halok bo‘lgan.   

Ta'kidlanishicha, 22 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.

Voqea yuzasidan tergov boshlangan, tafsilotlar o‘rnatilmoqda.

Top