Öz vaqtida mustabid tuzum hukm surgan SSSRdan xorij davlatlariga çiqişga umuman ruxsat berilmasdi. Faqat davlat xizmatçilari sotsialistik davlatlarga, unda ham KGBning qat’iy nazorati ostida borib kela olardi.

Şu sababli bu davlatdan xorijga ketişni xohlagan, biroq ilojini qila olmagan odamlar turli yöllar bilan qoçib ketardi. Ularning orasida noodatiy yöllar bilan qoçganlar ham köp bölgan.

Masalan, okeanşunos Stanislav Kurilov va Lilianna Gasinskaya kruiz teploxodida sayohatga çiqib, biri Filippin, ikkinçisi Avstraliya qirğoqlari yaqinida özini dengizga taşlab, qirğoqqaça suzib borişgan.

Petr Patruşev esa Gurjistonga dam olişga boradi va Qora dengiz orqali suzib Turkiyaga qoçib ketadi. Yana bir qoçoq Boris Belenko sovetlar tomonidan yasalgan va hali sinovdan ötkazilmagan yangi MiG-29 harbiy samolyoti bilan Yaponiyaga qoçib ketadi.

Şuningdek, SSSRdan juda köplab KGB va taşqi razvedka xizmati xodimlari qoçib ketişgan. Ulardan biri soxta pasport bilan qoçgan bölsa, boşqasi diplomatik vakolatxonaga tegişli maşina yukxonasiga yaşirinib qoçgan.

1991 yilda SSSR parçalanib ketgandan söng vaziyat keskin özgaradi. Boşqa sobiq ittifoq respublikalari fuqarolari qatori rossiyaliklar ham turli davlatlarga bemalol borib keliş yoki köçib ketiş imkoniyatiga ega bölişadi.

Biroq oradan 31 yil ötib, vaziyat birdan özgardi. Bunga 2022 yil 24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani sabab böldi. Rossiya Ukrainani qisqa muddatda bosib oliş uçun juda katta harbiy kuç taşladi. Ammo reja amalga oşmadi.

Garçi Rossiya juda köp harbiy texnikalaridan va askarlaridan ayrilsa-da, Ukrainani qisqa muddatda egallaşning imkoniyati bölmadi. Uruş boşlanganidan söng oradan 7 oy ötgaç, 2022 yil 21 sentabr kuni Rossiyada safarbarlik e’lon qilindi.

Safarbarlikni şaxsan Rossiya prezidenti Putinning özi e’lon qildi va faqat zaxiradagilar, birinçi navbatda, harbiy xizmat ötagan, harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bölgan fuqarolar safarbar etilişini aytdi.