12:16 / 17.10.2018
11686

«Liverpul»ning 4 asosiy futbolchisi terma jamoa o‘yinlarida jarohat oldi

«Liverpul» yarimhimoyachisi Nabi Keyta jarohat tufayli safdan chiqdi.

Goal.com xabariga ko‘ra, futbolchi Gvineya terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogi saralashi doirasida Ruandaga qarshi o‘yinda (1:1) jarohatlangan. Xavbek ikkinchi  bo‘lim boshida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan, uni jamoadoshlari maydon tashqarisiga olib chiqib qo‘yishgan, chunki stadionda zambil topilmagan.

Keyta yaqin vaqtlar ichida «Liverpul» bazasiga qaytadi, shu yerda uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi va uning safga qaytish muddati ma'lum bo‘ladi. 

Joriy mavsumda 23 yoshli Keyta mersisaydliklar safida barcha turnirlar doirasida 10 uchrashuvda maydonga tushgan.

Bungacha «Liverpul»ning 3 futbolchisi terma jamoalar o‘yinlarida jarohat olib safdan chiqqandi — Muhammad Saloh (Misr), Sadio Mane (Senegal) va Virdjiyl van Deyk (Niderlandiya).

Mavzuga oid
Top