Möjiza röy bermadi, ammo «Santyago Bernabeu»dagi uçraşuv mehmonlar uçun muvaffaqiyatli çiqdi.

YeÇL. 1/8 final. 15 mart
Javob öyinlari
Real — Liverpul 1:0
Gol: Benzema (79).
Real – Kurtua, Karvahal (Vaskes, 86), Ryudiger, Militao, Naço, Modriç (Sebalyos, 82), Kroos (Tçuameni, 84), Kamavinga, Valverde, Benzema (Rodrigo, 82), Vinisius (Asensio, 84).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson, Tsimikas, Karvalyu, Milner (Oksleyd-Çemberlen, 73), Fabino, Saloh, Jota (Elliott, 57), Gakpo, Nunes (Firmino, 57).
Ogohlantiriş: Tsimikas (90+4).
Birinçi öyin — 5:2.

UYeFAda aqlli qarorlar ham qabul qilib turişadi. Safardagi gol qoidasi bekor qilinişi — şunday qarorlardan biri bölgandi. «Safardagi gol ikkitaga ötişi» formulasi 60 yil muqaddam, klublarning Yevropa miqyosidagi yirik turnirlari boşlangan mahalda dolzarb edi. Öşanda begona maydondagi öyinlar çindan ham favqulodda voqea bölgan — begona mamlakat, begona şahar, begona stadion va ma’lumotni eng yaxşi holatda matbuotdagi qandaydir materialdan oliş mumkin bölgan begona raqib. Bunday şaroitda safarda urilgan golning qiymati çindan ham yuqori bölardi. 2020-yillarda, big data va total videotahlillar davriga kelib bularning bari endi dolzarb bölmay qoldi.

Bundan taşqari, yodda tutiş kerakki, UYeFA bu qoidani öz vaqtida, ikki uçraşuv yakuniga köra hisob teng bölib qolib, betaraf maydonda uçinçi uçraşuvni ötkazişga töğri kelmasligi uçun joriy etgandi (agar ikki uçraşuvda bir xil hisob qayd etilsa, ğolib uçinçi uçraşuvda aniqlangan). Öyindan keyingi penaltilar seriyasi keyinroq paydo bölgan.

Nihoyat bir neça yil oldin Liverpul Universiteti vakillari Devid Forrest hamda Xuan de Dios Tena tomonidan yevrokuboklarda safar va uy öyinlari borasida qiziqarli tadqiqot ötkazilgan va «Yevropa operativ tadqiqotlar jurnali»da çop etilgan. Undagi asosiy xulosalar The Guardian maqolasida keltirilgan.

Olimlar 1960-yillar örtalaridan boşlab 2012/13 yillar mavsumiga qadar bölib ötgan ikki öyindan iborat 6975 qarama-qarşilikni örganişgan. Ma’lum bölişiça, 1965/66 yillar mavsumidan 1981/82 yillar mavusumiga qadar ötgan öyinlarda maydon egalari birinçi öyinda 56,2 foiz holatda ğolib çiqişgan. Ammo 1997/98 yillar mavsumidan 2012/13 yillar mavsumiga qadar bölgan oraliqda bu körsatkiç 46,1 foizga qadar tuşgan. Bu esa texnologiyalar rivojlanişi bilan jamoalar uçun safar öyinlari osonroq bölib borgani haqidagi tezisni tasdiqlaydi.