8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

07:28 / 18.10.2018 11660

AQSh tomonga 4 ming kishidan iborat “muhojirlar karvoni” harakatlanmoqda  

Foto: Orlando Estrada / AFP - Getty Images

AQShning janubiy chegaralari tomon 4 ming kishidan iborat “muhojirlar karvoni” harakatlanmoqda. Bu haqda NBC telekanali ma'lum qildi. 

“Gondurasdan qochayotgan muhojirlar karvoni 4 ming kishiga yetdi. Meksika hukumati Gvatemala bilan chegarasiga bu muhojirlarning kelishiga yana 500 politsiyachi jo‘natdi”, deb yozgan telekanal tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Gvatemala, Gonduras va Salvador hukumatlariga agar ular “muhojirlar karvoni”ning o‘z chegaralaridan qarshiliksiz o‘tishini hal qila olmasalar, ularni moliyaviy yordamdan mahrum qilish bilan tahdid qilgan. Ta'kidlanishicha, karvon tarkibida ushbu uchta davlat fuqarolari ham bor.   

Top