8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

11:34 / 20.10.2018 21396

Ijtimoiy so‘rovnoma: Siz amaldorlarni taniysizmi? – Surxondaryo viloyati hokimi!

Shu kunlarda Kun.Uz tahririyati o‘zining yangi “Siz amaldorlarni taniysizmi?” loyihasini taqdim etdi. Bunday ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad- joylarda (viloyatlar kesimida) faoliyat yuritayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari xalq orasiga qanchalik kirgani va o‘z mansab vakolatini qanchalik odilona olib borayotganini o‘ziga xos uslubda aniqlashdan iboratdir. 

Demak, navbatdagi so‘rov Surxondaryoga safar chog‘ida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Bahodir Po‘latovni fuqarolar qanchalik taniy olishlari o‘rganildi. Quyidagi videolavhada hokimni ushbu hududlar aholisi qanchalik yaxshi bila olishlariga baho berishingiz mumkin.

Youtube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish

Viloyat hokimi o‘z vazifasini bajarishga kirishganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Bahodir Po‘latov joriy yilning iyul oyida mazkur lavozimga tayinlangandi. Yangi hokimdan xalqning umidi katta. Bungacha bu lavozimni hozirda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan Erkin Turdimov egallab turgandi. Safarimiz chog‘ida  Surxondaryo xalqi sobiq hokim to‘g‘risida faqat ijobiy fikrlarni bildirdi.

Albatta, ijtimoiy so‘rovnoma, avval ham ta'kidlanganidek, qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz, yoxud oddiy xalq vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilim saviyasini baholashdan yiroq. Bunday  niyatda mezon qo‘yilishidan maqsad,  shunchaki holatni ochiq-oydin ko‘rsatishdir.Zero,xulosa har kimning o‘ziga havola.

Top