10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişdi.

Tadbirda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Aktam Xayitov şunday dedi:
«Göşt narxi nega qimmatlab ketyapti deb öylaysizlar? Töğri, ozuqa yetişmasligi birinçi sabab, ikkinçidan, bugun biz juda köp göşt iste'mol qilyapmiz. Şunçalik köp göşt yemoqdamizki, buning natijasida köpgina kasalliklar paydo bölyapti. Buni «Amerika kasalligi» deyişadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqça göşt bor. Men faqat göştni aytmayapman, ovqatlaniş madaniyatimiz yöq».
Rostdan ham xalqimiz kişi boşiga haftasiga qança göşt iste'mol qilmoqda? Kun.uz bu borada Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi fuqarolar örtasida ijtimoiy sörovnoma ötkazdi.
Sörovnoma natijalariga kelsak, oilalar talab darajasi va daromad miqdoriga qarab göşt iste'mol qilişadi. Misol uçun 4-5 kişilik oilalar haftasiga 1-2 kilogramm atrofida göşt iste'mol qilsa, ba'zilari undan köproq, ayrim oilalar faqat bayram kunlari göşt yesa, hatto oylab göşt yemaydigan oila a'zolariga ham bor.
Ijtimoiy sörovnomada iştirok etgan fuqarolar nisbatiga köra, bir fuqaro kuniga taxminan 60-70 gramm atrofida göşt iste'mol qilar ekan. Bu statistika raqamlari nisbiy bölib, miqdor köpayişi yoki kamayişi mumkin.
Quyidagi videorolikda bu haqda batafsil ma'lumot olişingiz mumkin.











