08:50 / 27.10.2018
13261

Xaridorlar qo‘pol hazil tufayli IKEA do‘konidan chiqolmay sarosimaga tushishdi  

AQShning Atlanta shahri politsiyasiga IKEA do‘konidan chiqolmayotgan odamlardan o‘nlab qo‘ng‘iroqlar tushib, ular shu sababli vahimaga tushib qolishganini ma'lum qilishgan. Politsiya shu zahotiyoq voqea joyiga chiqqan, ko‘p o‘tmay ularga o‘t o‘chiruvchilar qo‘shilgan.

Foto: AFP

Politsiyachilar do‘konga kelishganlarida kassalardan biri oldida yig‘ilib olib, bamaylixotir kompyuter o‘yini bilan band bo‘lgan sotuvchilarni ko‘rishgan. Sotuvchilar atrofda xaridorlar bo‘lmagani sababli do‘konda hammasi risoladagidek deb o‘ylashgan. Bu orada pavilonlar orasida haqiqiy sarosima yuz berayotgan bo‘lgan.

Foto: Thereisnews

Bir to‘da xaridorlar do‘kondan chiqishni izlab, u zaldan bu zalga o‘tib, bir joyga qayta-qayta borib qolib mushkul holatga tushib qolishgan. Tez orada do‘kon ichida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi strelkalar noto‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatayotgani aniqlangan. Do‘kondagi videoyozuvlar o‘rganilgach, bu kimningdir qo‘pol hazili bo‘lgani aniqlangan. Politsiya strelkalarni o‘zgartirib qo‘ygan erkakni qidiruvga bergan. 

Top