The Hustle jurnalisti Trung Fan IKEA kompaniyasi savdo hajmi yuqori bo‘lishining sabablari haqida fikr yuritdi.
Mebelni yig‘ilmagan holda sotadi
Bundan ko‘zlangan maqsad – uni mijozlarning o‘zi yig‘ishi. Harvard instituti 2011 yilda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamlar o‘zi yig‘gan buyumlarni ko‘proq qadrlaydi. Buning uchun esa hatto 63 foiz ko‘proq haq to‘lashga ham tayyor. Bu “IKEA effekti” deb ataladi, deb yozadi Fan.

Shahar chetida do‘konlar ochadi
Uzoq yo‘ldan keyin vaqt behuda ketmasligi uchun odamda yana nimadir xarid qilish istagi paydo bo‘ladi.

Xarid vaqtini ortga suradi
Do‘konda seksiyalar joylashuvi ham ongostiga ta'sir ko‘rsatadi: dastlab intererning 50 dan ortiq namunalari namoyish etilgan ko‘rgazma zalidan o‘tish kerak. Savdo zaligacha bo‘lgan masofa 1 km.dan ortiq. Va nihoyat, xarid – bosib o‘tilgan masofa uchun mukofot.

Do‘konni labirintga aylantiradi
O‘tish joylari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, zallar xaridor barcha tovarlarni ko‘rib turishiga moslab qurilgan. Labirintdan o‘tish ham xaridlar ahamiyatini oshiradi.

Polga ko‘rsatkich belgilarini chizib qo‘yadi
Do‘konning o‘zi xaridorga qayerga borishni ko‘rsatib beradi. Bu esa insonni ruhiy jihatdan qurolsizlantiradi va navbatdagi xarid sari boshlaydi.

















