Kuniga 2 mingta, bir yilda million parvoz – dunyodagi eng köp yölovçi ötkazayotgan aeroportlar
|18:06 / 30.12.202328 98810 min
Bugun dunyoning gavjum aeroportlari bir yilda 60-80 mln atrofida yölovçi ötkazmoqda. Eng gavjum aeroportdan qariyb 100 mln nafar yölovçi foydalanadi. Bu aeroportlardan har kuni minglab samolyot uçib-qönadi. Terminallarda yuzlab kirib-çiqiş joylari bor. 2020 yilda pandemiya tufayli körsatkiçlar biroz pasaydi. Biroq 2021 yildan boşlab barçasi yana öz örniga tuşdi va hatto körsatkiçlar oşa boşladi.
Xalqaro aeroportlar kengaşi (Airports Council International) 2022 yilda eng köp yölovçi ötkazgan aeroportlar reytingini e’lon qildi. Unga köra 1-örinni Atlanta şahridagi Xarstfild-Jyekson nomidagi xalqaro aeroport egallagan. Bu aeroport 2022 yilda 93,7 mln nafar yölovçi ötkazgan.
Agar Top-10 dan örin olgan aeroportlarni 2021 yildagi röyxat bilan soliştirib körilganda reytingda ança özgarişlar bölganini köriş mumkin.
Masalan, 2022 yilda 66 mln nafar yölovçi ötkazib, 5-öringa joylaşgan Dubay xalqaro aeroporti 2021 yilda 29,1 mln yölovçi ötkazgan va reytingda 27-örinni olgan.
London xalqaro aeroporti 2022 yilda 61,6 mln yölovçi ötkazib, 8-örinni egallagan bölsa, 2021 yilda 19,4 mln yölovçi ötkazib, 54-örinni egallagan.
Şuningdek, AQŞdagi Orlando xalqaro aeroporti 2021 yilda 40,3 mln yölovçi ötkazib, Top-10 da 7-örinni egallagan. 2022 yilda 50 mln yölovçi ötkazgan bölsa ham, 17-öringa tuşib ketgan.
2022 yilda yölovçilarni ötkaziş böyiça Top-10 ga kirgan aeroportlar röyxati quyidagiça bölgan:
Atalanta şahridagi Xarstfild-Jyekson xalqaro aeroporti
commons.wikimedia.org
1. Xarstfild-Jyekson xalqaro aeroporti (Atlanta şahri, AQŞ)
Jorjiya ştatidagi Atlanta şahrida joylaşgan Xarstfild-Jyekson nomidagi xalqaro aeroport yölovçini ötkaziş böyiça dunyoda birinçi örinni egallaydi. U 2022 yilda 93,7 mln nafar yölovçini ötkazgan.
Xarstfild-Jyekson xalqaro aeroporti 1926 yilda işga tuşirilgan bölib, uni Atlanta şahar ma’muriyati boşqaradi. U Delta Connection bayroği ostida parvoz qiladigan Delta Air Lines, AirTran Airways, Shuttle America va u bilan hamkorlik qiladigan Atlantic Southeast Airlines aviakompaniyalari uçun markaz hisoblanadi.
Aeroport binosida jami 196 ta çiqiş joyi bor. Bu yerdan içki parvozlar böyiça 150 ta şaharga, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga qatnovlar amalga oşiriladi.
Atalanta aeroportidan kuniga örtaça 250 mingdan oşiq yölovçi foydalanadi va bir yilda jami millionga yaqin uçiş-qöniş amalga oşiriladi.
Aeroportda beşta uçiş-qöniş yölagi bölib, har kuni 2 500 ta qatnov amalga oşiriladi. Mazkur aeroport 2021 yilda 75,7 mln nafar yölovçi ötkazgan va reytingda 1-örinni egallagan.
Mavzuga oid
Dallasdagi Fort-Uert aeroporti
www.airliners.net
2. Fort-Uert aeroporti (Dallas, AQŞ)
Texas ştatida joylaşgan Dallas şahridagi Fort-Uert aeroporti (xalqaro qisqartmasi DFW) 1974 yilda oçilgan. 2022 yilda u qariyb 73,4 million nafar yölovçi ötkazgan va bu körsatkiç böyiça dunyoda ikkinçi örinni egallaydi.
Mazkur aeroport American Airlines aviakompaniyasining asosiy markazi hisoblanadi va barça parvozlarning 80 foizdan oşiği unga tegişli.
Bundan taşqari Fort-Uert aeroporti American Eagle Airlines aviakompaniyasining esa yirik markazlaridan biri sanaladi.
Aeroport binosi dunyodagi eng yiriklaridan biri hisoblanib, uning yettita uçiş-qöniş yölagi bor. Aeroportdan bir yilda millionga yaqin uçiş va qöniş amalga oşiriladi.
Mazkur aeroport 2021 yilda 62,4 mln yölovçi ötkazgan va reytingda 2-örinni band qilgan.
Denver xalqaro aeroporti
otadumygi.mezoka.com
3. Denver xalqaro aeroporti(AQŞ)
Kolorado ştatida joylaşgan Denver aeroporti 2022 yilda qariyb 69,3 mln nafar yölovçi ötkazdi va dunyo reytingida uçinçi örinni oldi.
Denver aeroporti hududi böyiça ham dunyoning yirik aeroportlaridan biri hisoblanadi va Saudiyadagi Qirol Xolid aeroportidan söng ikkinçi örinni egallaydi.
Denver aeroportining hozirgi binosi 1995 yilda foydalanişga topşirilgan. Uni qurişga qariyb 5 mlrd dollar sarflangan. U Frontier Airlines uçun asosiy, United Airlines uçun ikkinçi muhim markaz hisoblanadi.
Mazkur aeroport 2021 yilda 58,8 mln nafar yölovçi ötkazgan va reytingda 3-örinni egallagan.
Çikagodagi xalqaro aeroport
abc7chicago.com
4. ÖXara xalqaro aeroporti (Çikago, AQŞ
Illinoys ştatidagi Çikago şahrida ÖXara aeroporti 2022 yilda 68,3 mln nafardan oşiq yölovçi ötkazgan va bu körsatkiç bilan xalqaro reytingda törtinçi örinni egallagan.
Aeroport 1944 yilda işga tuşirilgan bölib, unda hozir törtta terminal va qariyb 200 ta çiqiş joyi bor. ÖXara xalqaro aeroporti United Airlines, United Express, American Airlines va American Eagle aviakompaniyalari uçun asosiy markaz hisoblanadi.
Mazkur aeroportdan bir yilda 900 ming–1 mln bir kunda esa 2 500-2600 ta uçiş va qöniş amalga oşiriladi. Bu yerdan köplab mahalliy qatnovlar bilan birga dunyoning 60 dan oşiq şaharlariga parvozlar amalga oşiriladi.
ÖXara aeroporti 2021 yilda 54 mln yölovçi ötkazgan va reytingda 4-örinni olgan.
Dubay xalqaro aeroporti
www.hespress.com
5. Dubay xalqaro aeroporti (BAA, xalqaro kodi DXB)
Dubay aeroporti 2022 yilda 66 mln nafar yölovçi taşigan va bu körsatkiç bilan dunyo aeroportlari reytingida beşinçi örinni egallagan.
Mazkur aeroport 1960 yilda işga tuşirilgan bölib, u 1990-yillardan boşlab kengaya boşlagan. 2001 yilda yangi yölovçi va yuk terminallari qurildi, bu esa aeroport imkoniyatlarini keskin oşirib yubordi. Aeroportga Dubay amirligi hukumati egalik qiladi.
Dubay aeroporti Emirates Airline aviakompaniyasining asosiy markazi bölib, bu yerdan amalga oşirilayotgan parvozlarning 60 foizi şu aviakompaniya hissasiga töğri keladi.
Şuningdek, bu aeroport Jazeera Airways, Iran Aseman Airlines, Airblue, Royal Jordanian aviakompaniyalari uçun ikkinçi markaz hisoblanadi.
Dubay aeroporti 2021 yilda juda past natija körsatgan va 29 mln nafar yölovçi ötkazib, reytingda 27-örinni egallagan.
Los-Anjyeles aeroporti
stock.adobe.com
6. Los-Anjyeles xalqaro aeroporti (AQŞ, xalqaro kodi LAX)
Los-Anjyeles aeroporti 2022 yilda 65,9 mln nafar yölovçi taşigan va xalqaro reytingda oltinçi örinni egallagan. U Air New Zealand, Alaska Airlines, Allegiant Air, American Airlines, Delta Air Lines va United Airlines uçun muhim markazlardan biri hisoblanadi.
Mazkur aeroport 1928 yilda işga tuşirişgan va ötgan qariyb 100 yil davomida talabga qarab kengaytirib kelingan. Hozirda unda törtta uçiş-qöniş yölagi, töqqizta terminal bor.
Los-Anjyeles aeroporti 2021 yilda 48 mln yölovçi ötkazgan va jahon reytingida 5-örinni band qilgan.
Istanbul xalqaro aeroporti
www.yenisafak.com
7. Istanbul xalqaro aeroporti (Turkiya)
Istanbul xalqaro aeroporti 2018 yil oktyabr oyida işga tuşdi. 2019 yilda Mustafo Otaturk nomidagi aeroport yopilgaç yangi aeroport Istanbuldagi asosiy havo qönalğasi bölib qoldi.
U hududi jihatdan Yevropadagi eng yirik aeroport hisoblanadi. 2022 yilda mazkur aeroport 64,3 mln nafar yölovçi ötkazgan. Istanbul aeroporti dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri bölgan Turkish Airlines uçun asosiy qönalğa hisoblanadi.
Istanbul aeroportidan 350 ta yönalişga parvoz qiliş mumkin. Hozir uning yölovçi ötkaziş quvvati yiliga 70 million kişini taşkil etadi. Yaqin kelajakda aeroportni yiliga 150-200 million yölovçiga xizmat körsata oladigan qiliş rejalaştirilgan.
Istanbul aeroporti 2021 yilda 37 mln yölovçi taşigan va öşa yili reytingda 14-örinni egallagan.
Hitrou aeroporti
www.airliners.net
8. Hitrou aeroporti (London, Buyuk Britaniya)
Hitrou 1929 yilda işga tuşirilgan bölib, u nafaqat Britaniyadagi, balki dunyodagi yirik aeroportlardan biri hisoblanadi. Mazkur aeroport 2022 yilda 61,6 mln nafar yölovçini ötkazgan.
Aeroportda oltita terminal bölib, beşinçisi 2008 yilda işga tuşirilgan va uni öşa paytda qiroliça Yelizaveta 2 oçib bergan edi. Oltinçi terminal 2014 foydalanişga topşirilgan. Terminallarning beştasi yölovçilarga xizmat körsatadi. Bittasi yuk terminali hisoblanadi.
Hitrou aeroporti British Airways va Iberia aviakompaniyalari uçun asosiy markaz hisoblanadi. Bu yerdan 90 dan oşiq aviakompaniya dunyoning turli burçaklariga 190 ta yönaliş böyiça parvozlarni amalga oşiradi.
Hitrou birinçi jahon uruşida Britaniya harbiy-havo kuçlariga qaraşli aerodrom örnida qurilgan. Şundan söng u uçiş-qöniş yölakçasini quriş paytida buzib taşlangan Heath Row qişloği nomi bilan atalgan.
2021 yilda Hitrou 19,4 mln nafar yölovçini ötkazgan va umumiy reytingda 54-örinni olgan.
Indira Gandi nomidagi aeroport
www.lenta.ru
9. Indira Gandi xalqaro aeroporti (Dehli, Hindiston)
Dehlidagi aeroport örnida bir paytlar Hindiston harbiy-havo kuçlariga qaraşli aerodrom bölgan. 1962 yilda undan fuqaro aviatsiyasida foydalana boşlaşgan.
1986 yilda Dehli aeroporti yana kengaytiriladi va yangi terminal foydalanişga topşiriladi. Öşa yili unga 1984 yilda suiqasd bilan öldirilgan Hindiston sobiq boş vaziri Indira Gandi nomi beriladi.
2022 yilda bu aeroport 59,5 mln nafar yölovçi ötkazgan. U Indian Airlines va Kingfisher Airlines aviakompaniyalari uçun asosiy qönalğa hisoblanadi.
Dehlidagi aeroportdagi terminallar mahalliy va xorijiy qatnovlar uçun alohida, Indian Airlines va Kingfisher Airlines aviakompaniyalari uçun alohida xizmat körsatadi.
Bundan taşqari, bu aeroportda Hindistondan Saudiya Arabistoniga Umra va Haj ziyoratiga boradiganlar uçun alohida terminal xizmat körsatadi.
Şarl de Goll aeroporti
www.travel365.md
10. Şarl de Goll xalqaro aeroporti (Parij, Fransiya)
Parijdagi aeroport 1974 yilda işga tuşirilgan. U 2022 yilda 57,4 mln nafar yölovçi ötkazgan. U Air France aviakompaniyasi uçun asosiy qönalğa hisoblanadi.
Şuningdek, bu aeroport XL Airways France, Amerikaning Delta Air Lines va asosan yuk taşiş bilan şuğullanuvçi FedEx Express aviakompaniyalari uçun muhim qönalğa sanaladi.
Bundan taşqari, YeasyJet va Vueling loukosterlari Parij aeroportidan muhim operatsion baza sifatida foydalanişadi. Aeroport Parijdan 25 km uzoqlikda joylaşgan.
Parij aeroportiga dunyoning 100 dan oşiq aviakompaniyalari parvozlarni amalga oşirişadi. Bu yerda har kuni 150 ming atrofida yölovçilarga xizmat körsatiladi.