14:55 / 30.10.2018
21483
Jahonning nechta davlatida terrorchilarning «uxlab yotgan yacheykalari» borligi aytildi
Foto: AFP

MDH Terrorchilikka qarshi kurash markazi (TQKM) vakili Vladimir Grigorevning ma'lum qilishicha, terrorchilarning «uxlab yotgan yacheykalari» dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida mavjuddir. Grigorevning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xulosaga «ba'zi» ekspertlar baholari asosida kelish mumkin. Grigorevning qayd etishicha, MDH davlatlari ushbu ro‘yxatdan istisno emas.

«Faqat Shimoliy Kavkazda yigirmaga yaqin uxlab yotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlari yacheykalari va ularning, asosan yoshlar orasidan bo‘lgan, 120 nafardan ortiq a'zolari faoliyatiga chek qo‘yildi», - deya ta'kidlab o‘tdi Grigorev.

Shuningdek, uning ogohlantirishicha, terrorchilar Suriya va ayni vaqtda jangovar harakatlar yuz berayotgan boshqa joylardan YeI hamda MDHga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDHda NATO harbiy infratuzilmasining kuchayishidan shikoyat qilishgandi.

Top