Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi
Davlatlararo "Mir 24" telekanalida "Samarqand MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi: shahar sayyohlarni qanday jalb qilmoqda?" sarlavhali ko‘rsatuv namoyish etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
"Mir 24"ning xabar berishicha, joriy yil Samarqand MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. "O‘zbekiston shahriga faxriy maqom Sankt-Peterburgdan o‘tdi. Garchi shaharga har yili milliondan ortiq sayyohlar kelsa-da, bu Samarqandga yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qiladi", - deydi "Mir 24" muxbiri.
Ta’kidlanishicha, qadimiy shahar deyarli 2800 yoshda bo‘lib, u Rim va Afina bilan tengdoshdir. Samarqand Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib, VII asrda Markaziy Osiyoning muhim savdo va siyosiy markaziga aylangan. Bu yerda tarix va madaniyat kesishadi.
Qayd etilishicha, Samarqand O‘zbekistonning sayyohlik markazi hisoblanadi. Turistlar bu yerga dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurishadi. "Registon maydoni XV-XVII asrlarda qurilgan madrasalar bilan o‘ralgan. Samarqandda yashab ijod qilgan buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning yulduz turkumlari kitobi ko‘rinishidagi aeroportga esa til ojiz. Odamlar bu yerga sharqona ekzotika va gastronomik lazzat uchun kelishadi. Siyob bozori O‘zbekistondagi eng qadimiy bozorlardan biridir", - deya xabar beradi davlatlararo telekanal.
Xulosa o‘rnida aytilishicha, Samarqand MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi azim shaharga nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning sayyohlik darvozasiga aylanish imkonini beradi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026