Mustaqil Davlat Hamdöstligi çegaralari yaqinida NATO harbiy infratuzilmasining kuçaytirilişi «alohida taşvişga sabab bölmoqda», deyiladi MDH ijro qömitasi raisi Sergey Lebedevning bugun bölib ötgan Mudofaa vazirlari kengaşi yiğilişi iştirokçilariga murojaatida.

«NATO harbiy infratuzilmasining Hamdöstlik ğarbiy çegaralariga bevosita yaqin masofada faollaşişi hamda kuçaytirilişi alohida taşvişga sabab bölmoqda», - deyiladi murojaatda. Şu bilan birga, Hamdöstlik makonida xavfsizlikni ta'minlaşda Kengaşning yetakçi roli ta'kidlanadi.

Şuningdek, Suriyada IŞIDga qarşi kuraşda erişilgan yutuqlarga qaramasdan, uşbu terrorçilik taşkilotidan MDH davlatlari uçun xavf kamaymaydi.

«Hozirda terrorçilik faolligining Suriya-Iroq zonasidan Hamdöstligimiz janubiy çegaralariga köçmoqda. Qöporuvçilik işini olib boriş uçun tayyorlangan jangarilar va terrorçilar bu mintaqadan MDH mamlakatlariga qaytmoqdalar», - deya ta'kidlab ötdi Lebedev.
 
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev MDHga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uçraşgandi.