8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:55 / 02.11.2018 6917

Bill Geyts Qoshiqchi ishi tufayli Saudiya jamg‘armasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Foto: Denis Balibouse/Reuters

Milliarder Bill Geyts jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgani munosabati bilan Saudiyaning Misk xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

«Jamol Qoshiqchining o‘g‘irlanishi va o‘ldirilishi juda katta tashvishga sabab bo‘lmoqda», - deya ma'lum qildi Geyts fondining vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fond hozirgi hodisalarni tashvish bilan kuzatmoqda. Avvalroq er-xotin Geytslar xayriya jamg‘armasi bilan qo‘shma xayriya tashabbusini ishga tushirishmoqchi edi, u turli mamlakatlardan bo‘lgan yoshlarning sog‘liqni saqlash va rivojlanish sohasidagi innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Saudiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qachon bir qarorga kelishi aytilgandi.

Top