Qoshiqchi ishi. AQSh Saudiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qachon bir qarorga kelishi aytildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga qanday javob qaytarish borasida bir qarorga kelish uchun «bir necha hafta» kerak bo‘ladi. U bu haqda KMOX radiosiga bergan intervyusida aytdi, deya xabar beradi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt mobaynida AQSh hukumati Saudiya Arabistoniga qarshi sanksiyalar bo‘yicha bir qarorga kelish uchun yetarli dalillarni qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, davlat kotibining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar qotillikka aloqador shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Qoshiqchi bo‘yicha rejalarni avvaldan bilgani xabar qilingandi.
The Daily Express xabariga ko‘ra, Britaniya maxsus xizmatlari Ar-Riyod muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘g‘irlab ketilishiga ruxsat berganini avvaldan bilgan. Buyuk Britaniya razvedkasidagi nomi oshkor etilmagan manbalar so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni razvedka xizmatlarining o‘zaro muzokaralari tutib olingan. Ularga go‘yoki jurnalistni o‘g‘irlash haqida buyruq berilgan, u, akademik doiralarda aytishlaricha, Ar-Riyod Yamanda kimyoviy qurol ishlatganini isbotlashni mo‘ljallagan. Buyruq «podshohga yaqin shaxslardan» biri tomonidan berilgan, biroq bu valiahd shahzoda bo‘lmagan. Shu bilan birga, jurnalist qarshilik ko‘rsatadigan bo‘lsa, vaziyatga qarab harakat qilish lozim edi.