12:12 / 02.11.2018
11928

Endi De Bryuyne «Manchester Siti»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lmaydi

Foto: PC Image

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rahim Sterling klub bilan 5 yillik bitim shartlarini kelishib oldi.

Goal`ning futbolchiga yaqin manbalarga tayanib ma'lum qilishicha, yangi shartnomaga asosan Angliya termasi a'zosining maoshi haftasiga 300 ming funtga (taxminan 342 ming yevro) yetishi, natijada u klubning eng ko‘p ish haqi to‘lanadigan a'zosiga aylanishi mumkin. Hozirda ushbu maqom yarimhimoyachi Kevin de Bryuynega tegishli – u haftasiga 200 ming funt (tax. 228 ming yevro) maosh oladi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv tez orada hujjatlar va rasmiy bayonotda o‘z aksini topishi kutilyapti. Amaldagi bitim muddati keyingi mavsum yakunida nihoyasiga yetishi kerak edi.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli Sterling Manchester klubi safida 2015 yildan buyon to‘p surib keladi. U joriy mavsumda 8 o‘yinda maydonga tushib, 4+3 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.

Mavzuga oid
Top